Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullandi.

Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullandi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi ta’lim sifatini yaxshilashga, sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!