#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment
Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlib, ta'lim maskanida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida S.King maktabdagi yuqori sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashdi, ularning xalqaro darajada erishayotgan yutuqlari bilan qiziqdi.
Muloqot davomida mehmon oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, maktabda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini ham bildirib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva ishtirok etdi.