"Digital Generation Uzbekistan"dan yangi loyiha!

Qizlarimizning IT sohasidagi faoliyatini rivojlantiramiz, rag'batlantiramiz hamda yangi bilimlar beramiz. Yana bir yangilik, endi bizda nafaqat axborot-texnologiyalari, balki biznes yuritish va yetakchilik qobiliyatini shakllantirish bilan bog'liq yo'nalishlar ham bor:
—Dasturlash (Programming);
—Grafik dizayn (Graphic design);
—Loyihalarni boshqarish (Project Management).

Biz bilan unutilmas tajribaga ega bo'ling!

Oldinda sizni tajribali mentorlar bilan 4 kunlik noan'anaviy darslar hamda Microsoft, Facebook kabi ko'plab dunyoning yirik kompaniyalaridan Xalqaro spikerlar bilan yodda qolarli muloqotlar kutmoqda!

 Ushbu ajoyib forumda ishtirok etish uchun ikki bosqichli saralashdan muvaffaqqiyatli o'tishingiz lozim.

Arizani ushbu havola orqali to'ldirishingiz mumkin.

Arizalar qabul qilish muddati: 25-fevral, 23:59