Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabi o'quvchilarining "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendianti bo'lganligi haqida xabar qilingan edi.
Kecha Namangan shahridagi Prezident maktabi ilk stipendiatlari Abdubayev Rahmatilloxon va Habibullayev Jahongirlar Amerika Qo'shma Shtatlarining nufuzli universitetlaridani biri Perdyu oliygohi hamda Buffalo universitetiga aerokosmetik muhandislik va mexanik muhandislik sohasi bo'yicha o'qish uchun jo'nab ketishdi.
Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari O'ktamboyeva Charosxon AQShning Missuri universitetida kimyo muxandisligi yo'nalishida, Soporbayev Sarvarbek AQShning Arizona universitetida matematika mutaxassisligi bo'yicha hamda Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Jumabayev Nurxat AQSHning Arizona universitetida tahsil olish uchun jo'nab ketishdi.
Prezident maktablarining boshqa stipendiyatlari o'quv yilining boshlanish vaqtiga ko'ra, keyinroq uchib ketishadi.