Halima Xudoyberdiyeva tavalludi munosabati bilan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. 

#ijod_maktabi
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_76_yilligi

 ⚡️ Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida oʻzbek xalqining atoqli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludi munosabati bilan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. 

⏰ Dastlab, shoira haykali poyiga gul qo'yildi.  Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, viloyat faollari, shoira oila a'zolari, shogirtlari hamda ijod maktabining o'quvchi va xodimlari qatnashdilar.

✅ Tadbir mehmonlari ijodkor o'quvchilarning ijodlaridan bahramand bo'lib, shoira xotirasini yod etishdi. Soʻngra muzeydagi  eksponatlar bilan tanishishdi. 

🔹 Shuningdek,  Viloyat musiqali drama teatrida shoiraning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan musiqali tadbir hamda “Yuragida yoʻlbars yotgan ayol” nomli spektakl namoyish etildi.