Bugun, 7-noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan sportning "O'zbek jang san'ati" turi bo'yicha"Amir Temur" sport klubi Toshkent shahar kubigida shaxsiy bellashuv bahslari o'tkazildi. Mazkur bahslar 15-16 yoshli qizlar o'rtasida tashkil etildi.
Mazkur bellashuvlarda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Egamberganova Sevaraxon 1-o'rinni egalladi.
O'quvchimizga kelajakdagi yutuqlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!