IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA IJODIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI OʻTKAZILMOQDA

 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning Respublika bosqichi boshlandi. 

➖Ijod maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oʻz isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Ijodiy olimpiada” oʻtkazilmoqda.

Respublika bosqichida hududlardan saralagan 18 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.