#ishchi_guruh
#Xorazm_viloyati
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.
Dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.