#imtihon_2023
#tayyorgarlik
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Samarqand va Jizzax shahridagi Prezident maktabining kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
⏰ Hozirda Respublika bo‘yicha Prezident maktablari imtihonlarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish uchun 32 ta bino tayyor holatga keltirilgan.
✅ Ma'lumot uchun, Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 15-iyul kuni 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
(https://t.me/piimauz/11089)📌 Bunda talabgorlar 1 soat vaqt davomida 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.