Jizzaxlik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofoti sovrindori!

Jizzaxlik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofoti sovrindori!

⚡️ Bugun Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan o'tkazilgan “Buyuk allomalar izidan” nomli olimpiadaning kimyo fanidan final bosqichida Jizzax viloyatidan kelgan Muqaddas Ismoilova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unga 20 million so'm pul mukofoti, 38 million so'mlik grant, medal va boshqa sovg'alar taqdim etildi.

💥 Shuningdek, yurtimizning Buxoro, Samarqand va Namangan kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so‘mlik grantlar taqdim etildi.