Mahalliy OAV Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari haqida

Bekajon gazetasida “Qo'qon olimpiadasi” g'oliblari haqida maqola chop etildi. Quyida ushbu olimpiada haqida ma'lumotlar taqdim etiladi.

Matematika fanidan bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlandirish maqsadida respublika umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Qo‘qon olimpiadasi”ning respublika bosqichiga start berilgan edi. Olimpiada natijasiga ko'ra, Prezident ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish  agentligi tasarrufidagi maktablarning 3 nafar o'quvchisi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Marhamat, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan tanishing:

5, 6, 7-sinflar o’rtasida: 
1-o‘rin- Sunnatov Asilbek G'ofurjon o'g'li (Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy maktabi)
2-o‘rin- Axtamov Ozodbek To'lqinovich (Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy maktabi )
3-o‘rin- Kamolov Abdurashid O'tkirjonovich (Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi).
8, 9-sinflar o’rtasida:
1-o‘rin- Raxmatov  Anvarbek Zufarjonovich (Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi)
2-o‘rin- Qodirov  To'ymurod Suxrob o'g'li (Buxoro viloyati, Xalqaro matematika maktabi)
3-o‘rin- Xolelov Suxrob Umarovich (Navoiy viloyati, Navoiy shahar fizika matematika va ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab internati).

10, 11-sinflar o’rtasida:

1-o‘rin- Saparbaev Sarvar (Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Prezident maktabi)
2-o‘rin- Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li (Sirdaryo viloyati, Guliston tumani 23-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi)
3-o‘rin- Keldiyarov Fatxulla Xayrulla o`g`li (Toshkent shahri, O`zbekiston milliy universiteti akademik litseyi (S.H.Sirojiddinov).