“Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar”

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi o‘z ishini boshladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilatoygan mazkur tadbirdan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari sohasidagi bugungi kun muammolari va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi rahbar va pedagog kadrlarning menejerlik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

📍 Forum doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda boshqa mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari o‘rin olgan.