Mirzo Ulug'bek nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. 

#Open_doors 
#School_Mirzo_Uluģbek 

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. 

✅ Ochiq eshiklar kunida jamoatchilik faollari va kelajakda Mirzo Ulug'bek maktabida o'qishni davom etirmoqchi bo'lgan o'quvchilar hamda ularning ota-onalar ishtirok etishdi.

✅ Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabda zamonaviy tarzda jihozlangan sinf xonalari va o'quvchilar ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab aniq  fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 200 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda.

✔️ Tadbir qatnashchilari maktab imkoniyatlari bilan tanishib, ilmga chanqoq o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar. Ochiq eshiklar kuni ham ota-onalar uchun,  ham o'quvchilar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo'ldi.