Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

📌 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev hamda Agentlik tizimidagi maktab direktorlari va ota-onalar ishtirok etishdi.

🔰 Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabda zamonaviy tarzda jihozlangan sinf xonalari va o'quvchilar ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

🌐 Tadbir qatnashchilari maktab imkoniyatlari bilan tanishib, ilmga chanqoq o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.

✅ Ushbu ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 398 o'quvchi ta'lim olmoqda.