O'zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

#prezident_maktabi 
#uchrashuv

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabiga fizika-matematika fanlari doktori, professor, senator, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika Instituti direktori, O'zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

⏰  Ixtisoslashtirilgan hamda Prezident maktabi o'quvchilari ishtirok etgan uchrashuvda Sh.Ayupov tomonidan yoshlarga jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishi va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishishi uchun kerak bo'ladigan ko'nikma va tajribalar jonli misollar bilan aytib berildi.