PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH ILMIY-AMALIY MARKAZI TRENERLARI O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI BO‘LIB XALQARO PDQ DASTURI KOORDINATORLARI MAQOMIGA EGA BO‘LDI!
Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.
Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo‘jayeva va Emine Sheykhametova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishdi. Endi ular sertifikatlangan PDQ dastur yetakchisi sifatida faoliyat yuritishadi.
30 nafar ishtirokchilar orasida 2 nafar trenerimizning xalqaro sertifikatga ega bo‘lganligi Markazning Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan akkredetatsiyadan o'tishiga birinchi qadamdir
Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo‘ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.