Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi o’qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi

 

Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga g‘ayratli, tashabbuskor, keng dunyoqarashga ega yuqori malakali o‘qituvchilarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:

birinchi bosqich – nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni tanqidiy ko‘rib chiqish, o‘rganish va tahlil qilish;

ikkinchi bosqich – fan bo‘yicha (o‘qituvchilar uchun) bilimlarni tekshirish va suhbat.

Malaka talablari:

  • oliy pedagogik ma’lumot yoki tegishli yo‘nalishdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • kamida ikkinchi malaka toifasiga ega boʼlishi;
  • dars oʼtish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
  • bolalar bilan kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • oʼquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllay olishi;
  • yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega boʼlishi;
  • ilgʼor xalqaro pedagogik tajribadan xabardorligi;
  • «STEAM — ta’lim» dasturiga kiradigan matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika fan oʼqituvchilari ingliz tilini B2 darajasida bilishi.

Shuningdek:

  • «STEAM — ta’lim» dasturi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi (majburiy emas);
  • xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qiganligi yoki ish tajribasi mavjudligi (majburiy emas);
  • oxirgi 5 yil davomida fan olimpiadalari, koʼrik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qoʼlga kiritganligi maqsadga muvofiq.

Arizalar 2020 yil 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov qatnashchilari ma’lumotnoma-ob’ektivkani quyidagi elektron manzillarga yuborishlari so‘raladi:

​ n.tadjiyeva@piima.uz
 z.kim@piima.uz

Prezident maktablarida 2020-2021 o’quv yilida o‘qituvchilarga bo’lgan

qo’shimcha ehtiyoj to’g’risida ma’lumot

 

T/r

O’quv muassasasi

nomi

Hudud nomi

Fan

Ta’lim

tili

Ehtiyoj

 

1

 

Nukus shahridagi Prezident maktabi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

Nukus shahri

fizika

 

qoraqalpoq

1

informatika

1

 

2

 

Namangan shahridagi Prezident maktabi

 

Namangan viloyati, Namangan shahri

rus tili va adabiyoti

 

 

o‘zbek

1

fizika

1

informatika

1

3

Xiva shahridagi Prezident maktabi

Xorazm viloyati,

Xiva shahri

tarix

o‘zbek

1

matematika

1

 

4

 

Toshkent shahridagi Prezident maktabi

 

Toshkent shahri

matematika

 

 

o‘zbek

1

informatika

1

biologiya

1

ingliz tili

2