PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI 

#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich

PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI 

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

✅ Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilindi. 

 Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!