Qabul jarayonlariga bag‘ishlangan seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o‘quv yiliga o‘quvchilar qabuliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan Agentlik mas'ul xodimlari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.
Treninglar doirasida qabul jarayonini sifatli tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi operatorlar uchun amaliy mashg'ulotlar olib borildi.
Mazkur treninglar hozirga qadar Agentlik tizimidagi barcha maktablarda bo‘lib o‘tdi.