SATDAN YUQORI NATIJALAR

Oʻquvchilarimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Abdulloh Noʻmonov, Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asomiddin Raimov xalqaro SAT imtihonidan 1530 ballni qoʻlga kiritdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!