"So’nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o’tkazildi 

#soʼnggi_qoʼngʼiroq

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "So’nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o’tkazildi 

⏰ Tadbir davomida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o'tkazilgan "STEAM" fan olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarga  Agentlik tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. 

Shuningdek, o'quv yili davomida maktab o'quvchilari:
➖ 1-6-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tgan 57-xalqaro Mendeleyev Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan;
➖Maktab o'quvchilaridan 28 nafari xalqaro til bilish darajasi IELTS hamda 6 nafar o'quvchi milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishdi; 
➖Bundan tashqari 30 nafar o'quvchi muddatidan oldin xalqaro top universitetlarga va 4 nafari mahalliy universitetlarga imtiyozli ravishda o'qishga qabul qilindi.