Aziz ayollar! Munis va lobar qizlar!
Ayol borki, olam munavvar. Jamiyatning, davlatning taraqqiyotini fidokor ayol-qizlarimizsiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Sizlarni bugungi ayyom - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, xonadoningizga qut-baraka, ishlaringizga rivoj tilaymiz.
Hamisha elimiz va yaqinlaringiz ardog‘ida bo'lib yuring!
Bayram muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi