“Barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim masalalariga jalb qilish bo‘yicha” Milliy strategiya qabul qilindi
(https://t.me/uzedu/23261)✅Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida yoshlar tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Milliy strategiyani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade, UNESCOning Ta'lim bo'yicha mutaxassisi Mariko Fujisawa qatnashishdi.
⚡️Uchrashuvda, shuningdek Toshkent shahridagi 81-maktab va Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
❕Ma’lumot uchun, mazkur ikki maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqqa sazovor bo’lishgan.
Tadbir davomida mas'ullar ekologik muammolarning naqadar dolzarbligi va ushbu qabul qilinayotgan Milliy strategiyaning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.
✔️ Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, mas'ul vazirlik va yoshlar ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur hujjatda:
➖bolalarda ekologik muammolar bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish;
➖ mamlakatda iqlimbardosh va muqobil energetika manbalaridan keng foydalanish;
➖oziq-ovqatni isrof qilmaslik va chiqindilarni qayta ishlash;
➖ekologiyani asrashga o‘z hissasini qo‘shganlarni munosib rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotganligi ta'kidlandi.