Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Qarshi shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif buyurishdi.

Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabi bir guruh 10 sinf o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Xalq bilan armiya yakdil" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etish uchun Qarshi shahrida sayoxatda bo‘lishdi. Dastlab o‘quvchilar Xonobodda joylashgan harbiy qismda bo‘lib u yerda harbiy uchuvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan keyin ular uchish mahoratlarini takomillashtirib boradigan va yosh harbiy uchuvchilarni tajribalarini oshirishga mo‘ljallangan uchish trenijerlarida o‘zlari uchib ko‘rishdi va harbiylik qanchalik masʼuliyatli va shu bilan birga sharafli kasb ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Shundan keyin ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida bo‘lib u yerda bilim yurti kursantlari uchun yaratilgan sharoitlar, qurol aslaxalar, oziq ovqat taʼminoti, yotoqxona xolati, kutubxona va bilim yurti muzeyi bilan tanishishdi. Bilim yurtida yaratilgan sharoitlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.