AQSHdagi nufuzli universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT imtihonlarini topshirish yana ham osonlashdi!
Endi mazkur imtihonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.
Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o‘tkaziladi hamda xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.
Ma’lumot o‘rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.
Imtihonlar MART, MAY va IYUN oylarida bo‘lib o‘tadi.
________
Xalqaro SAT imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish haqida qo'shimcha ma'lumotlar tez orada veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e’n qilinadi.