“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz poydevori”

#hamkorlik
#xalqaro_islom_akademiyasi

⚡️ Xabar berganimizdek, bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz poydevori” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi oʻtkazildi. 

 Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, “Yangi asr universiteti” nodavlat taʼlim muassasasi rektori Q.Zahidov, Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sobirov, Xalqaro Nordik Universiteti rektori Sh. Mustafakulovlar qatnashdi. 

✅ Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

⏰ Uchrashuvda Akademiyaning Mumtoz sharq filologiyasi, Islomshunoslik hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetlarining bakalavriat yoʻnalishi bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

✍️ Tadbir davomida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻrtasida Memorandum imzolanib, soʻngra bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi.