18-noyabr – O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kundir

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari O‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 31 yil bo‘lganligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda. 

Jumladan:

Prezident taʼlim muassasalari agentligi xodimlari tomonidan tabrik videorolik tayyorlandi.
 

Toshkent Prezident maktabida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Hilpira bayrog‘im, hilpira mag‘rur" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari "Aktyorlik mahorati" darsdida videorolik tayyorlashdi.

Jizzax Prezident maktabi  viloyat Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" shiori ostida tadbir tashkil etishdi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Bayrog‘imiz – faxrimiz" roligi tayyorlandi. 

Samarqand Prezident maktabida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari "Yosh rassomlar"  to‘garagida Davlat bayrog‘i rasmini chizishdi. 

Isʼhoqjon Ibrat nomidagi ijod maktabi tomonidan video rolik tayyorlandi. 

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida "Dunyo bayroqlari" nomli tadbir tashkil etildi va bayroq tarixi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. 

Xiva Prezident maktabida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan video lavha tayyorlandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, faxrimiz" video roligi tayyorlandi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi tomonidan "Bayrog‘im ko‘ksimning minbari sen uchun" video roligi tayyorlandi. 

Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" nomili video rolik tayyorlandi. 

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" nomi ostida maʼnaviyat soati tashkil etildi. 

Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan ijtimoiy so‘rovnoma tashkil qilindi. 

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Kimyo fanida o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan kimyoviy tajriba o‘tkazishdi.

Shu bilan birga yangi tashkil etilgan Sergili tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Yangiyo‘l shahardagi ixtisoslashtirilgan maktab, Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Nurota ixtisoslashtirilgan maktabi, Qo‘shrabot tumani ixtisoslashtirilgan maktab, Parkent tumani ixtisoslashtirilgan maktab, To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktab, Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktab, Izboskan tumani ixtisoslashtirilgan maktab, Bekobod shahar ixtisoslashgan maktab, Yangiqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan rasm vaideo lavhalar tayyorlandi.