2015-yil kimyo yo‘nalishida Nobel mukofoti sovrindori, turk olimi Aziz Sanjar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari va 2015-yil kimyo yo‘nalishida Nobel mukofoti sovrindori, turk olimi Aziz Sanjar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident maktablari va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari qatnashishdi. 

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ZOOM platformasida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Aziz Sanjar ixtisosligi bo‘yicha bioximik bo’lib, Turkiy davlatlar orasida kimyo yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan yagona olim hisoblanadi.