2023/2024-O‘QUV YILIDAN "YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA QATOR YANGI O‘QUV YO‘NALISHLARI TASHKIL QILINMOQDA

#brifing

📢 2023/2024-O‘QUV YILIDAN "YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA QATOR YANGI O‘QUV YO‘NALISHLARI TASHKIL QILINMOQDA

✅ Jumladan:

⏺Pedagogika;
⏺Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
⏺Amaliy matematika;
⏺Sun’iy intellekt va robotexnika;
⏺Kiberxavfsizlik;
⏺Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishlari yangi tashkil qilindi.

✅  "Yangi O‘zbekiston" universitetida 10 nafar professor-o‘qituvchi Germaniya, AQSH, Koreya, Rossiya davlatlaridan jalb qilingan. 

✅ 87 ta mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilot bilan amaliyot o‘tash uchun hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

✅ Shuningdek, universitetda Google  kompaniyasi bilan hamkorlikda IT loyihalar ham tashkil etilgan.
 

🏛 AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov "Yangi O‘zbekiston" universitetida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.