3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni"

3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoхistaxon Nurmatova boshchiligida ijodkor o‘quvchilar Xo‘jaobod tumanidagi 17-maxsus maktab internati hamda zaif eshituvchi bolalar maxsus maktabida bo‘lishdi.

"Zamin" xalqaro jamoat fondi bilan ijodiy hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan mazkur muassasalarda ijod maktabi tomonidan "Kel, dunyoga quvonch ulashamiz" nomli badiiy chiqishlar namoyish etildi.