“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Zarbdor tumanidagi “Zaif eshituvchi bolalar” maxsus maktab-internatida bo‘lishdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi hamda o‘quvchilari “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Zarbdor tumanidagi “Zaif eshituvchi bolalar” maxsus maktab-internatida bo‘lishdi.
Tadbir jarayonida ijod maktabi o‘quvchilari o‘z ijodiy ishlarini mezbon maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga ulashishdi. Ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zaro fikr almashishdi (Surdo tarjimon yordamida). Tadbirlar yakunida ijod maktabi xodimlari maxsus maktab tarbiyalanuvchilariga ijod maktab tomonidan tashkil etilgan sovg‘alarni taqdim etishdi.