3 savolga 3 javob

❓ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi ochilgan maktablarda ham yotoqxona mavjudmi?
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil yetilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablardan 23 tasi maktab internatlari bo‘lib, ularda yotoqxona ham mavjud. Qolgan 145 ta ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilar uyidan qatnab o‘qishlari uchun mo'ljallangan.

❓Akademik litsey o‘quvchilari ham Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi ochilgan maktablarga hujjat topshira olishadimi?
✅Akademik litseylarning 1-kurs bitiruvchilari yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

❓Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishda o‘quvchilarning tabeldagi baholari ahamiyat kasb etadimi? 
✅Yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablariga o‘qishga hujjat topshirishda o‘quvchilarning tabeldagi baholari muhim ahamiyat kasb etmaydi.

☎️Call-markaz: 1206