56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining 2-turi bo’lib o’tayotgan vaqtda ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi.

56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining 2-turi bo’lib o’tayotgan vaqtda ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi. 

Ekskursiya davomida ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilar maktab faoliyati, o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda o'quv jarayonlari bilan tanishishdi.
______
Armen Galstyan, Armaniston terma jamoasi mentori:

“Bu maktab hamda undagi o’quvchilar menda chuqur taassurot qoldirdi. Zamonaviy maktab binosi, yaratilgan sharoitlarni ham alohida e’tirof etishim kerak. Menga Toshkent shahri bo’ylab qilayotgan sayohatimiz juda yoqdi - O’zbekiston haqida ko’plab yangi ma’lumotlarga ega bo’ldik”.