A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT 

 

  A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT 

✔️ Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati bo'lib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
- A+(a+) - eng yuqori
 -E(e) - eng past ko'rsatgich hisoblanadi.

✔️ A-level sertifikatini olish uchun  nafaqat Prezident maktabi ta'lim oluvchilar, balki  mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin. 

✔️ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi. 

✔️ Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlar o'tkaziladi. 

✔️ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2 marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.  Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

✔️ Cambridge Assessment imtihon uchun 50 dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3 tadan 5 tagacha fan tanlaydi.

✔️ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi. 
Prezident maktablari o‘quvchilari: 
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda, 
- AS imtihonini —10-sinfda, 
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.

✔️ Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin. 

✔️ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida,  A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.