A-LEVEL IMTIHONLARIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlikda A/AS-level imtihonlari boshlandi. 

Unda Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda mazkur imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan boshqa talabgorlar ishtirok etishmoqda. 

A/AS level imtihonlari Cambridge Assessment International Education akkredetatsiyasidan o'tib, A-level imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy imtihon markazi sifatida tan olingan  Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo'lib o'tmoqda. 

Imtihonlar 4-maydan 9-iyungacha davom etadi.