A-level imtihonlarini endi Prezident maktablarida ham topshirishingiz mumkin

Jahonning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirish imkonini beruvchi A-level imtihonlarini endilikda Agentligimiz tizimidagi 4 ta Prezident maktabida ham topshirishingiz mumkin.

 Bilamizki, xorijiy universitetlarga kirish uchun abiturientdan xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo'lish talab qilinadi. Birgina sertifikatning o'zi o'quvchining bilimini baholab beradi. A-level sertifikati esa o'quvchiga dunyoning eng nufuzli oliygohlariga hech bir imtihonlarsiz qabul qilinish imkonini beradi. 

Ayni paytda mazkur imtihon uchun ro'yxatdan o'tish jarayonlari davom etmoqda. Imtihonlar shu yilning may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o'ta olmaganlar uchun esa oktabr-noyabr oyida yana imkoniyat beriladi.

Ro'yxatga olish ishlari yakuniga yetmoqda. Barchangizni o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'rishga chorlab qolamiz.