Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg‘ulotlari va fan to‘garaklaridan keyin ixtisoslashtirilgan to‘garaklar faoliyat yuritmoqda

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg‘ulotlari va fan to‘garaklaridan keyin ixtisoslashtirilgan to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda ana shunday 8 ta ixtisoslashtirilgan to‘garak faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilar o‘z qiziqishlariga ko‘ra, mazkur to‘garaklardan biriga qatnashadi.