Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 'ochiq eshiklar kuni"


Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qabul jarayonlari yuzasidan "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar, blogerlar, OAV vakillari, shuningdek ota-onalar va umumta'lim maktablarining o'quvchilari qabul kvotalari, kirish imtihonlari va hujjatlar topshirish tartibi haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.

Tadbirning 2-qismida press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy-axborot texnologiyalari bilan jihozlangan o’quv xonalari, ijod maktabi o’quvchilarining yangi loyiha va ijodiy ishlari bilan tanishdilar.