Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Agentlik tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovnigi Uyg‘un Xo‘jaqulov, podpolkovnik Qurbon Haqqulov, podpolkovnik Ulug‘bek  Qoraqulovlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, sambo bo‘yicha jahon chempionlari - Jahongir Mansurov, Anzur Qo‘ziyev, MMA jangi sport turi bo‘yicha Osiyo chempioni O‘g‘iloy Jumanova, MMA jangi sport turi  bo‘yicha jahon chempioni Azamat Nuftillayev, qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonovlar bilan davra suhbati bo‘ldi. 

– Unda o‘quvchilar badiiy kompozitsiya, o‘z ijodidan namunalar o‘qib eshittirishdi. 

– Davra suhbati o‘quvchilar bilan savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.