Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan "Jinlar bazmi" spektakli namoyish etildi

 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan maktabning o‘quvchi va ustozlari uchun Abdulla Qodiriy hayotiga bag‘ishlangan "Jinlar bazmi" spektakli namoyish etildi.

O‘quvchilarimiz madaniy hordiq olish bilan bir qatorda spektakldan so'ng jadidlar hayoti, ular yaratgan asarlar haqida suhbatlashishdi.

Bu kabi madaniy tadbirlar o‘quvchilarning adabiyot hamda san’at haqidagi amaliy bilimlarining oshirishda alohida ahamiyatga ega.