Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bitiruv kechasi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarovaning bitiruvchilarga tabrigi bilan boshlab berildi.

Bitiruv kechasida Toshkent davlat texnika universiteti rektori, Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyot universiteti ustozlari, O'zbekiston milliy drama teatri va Muqimiy nomidagi teatr jamoasi ishtirok etishdi.

Tadbir so'ngida o'quv yili davomida eng yaxshi natijalar qayd qilgan bitiruvchilar "Eng yaxshi shogird" va "Eng yosh tarixchi" nominatsiyalari bo'yicha diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.