Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Nazarbekov Ozodbek ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

– Tadbir davomida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida mamlakatimizda madaniyat va sanʼat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda musiqa va sanʼatga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan dolzarb vazifalar haqida maʼlumot berdi.

– Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari o‘rtasida respublikamizdagi barcha hududlarida o‘ziga xos ravishda tayyorlanadigan bahoriy taomlari tanlovi tashkil etildi. G‘oliblar munosib rag‘batlantirildi. Barcha maktab o‘quvchilari va bayram ishtirokchilariga tayyorlangan bayramona dasturxonda bahoriy taomlar, sumalak va to‘y oshi tortiq qilindi.

– Tadbir so‘ngida o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.