Abu Rayhon Beruniyning hayot yo‘liga bag'ishlangan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida viloyatdagi o‘quvchi-yoshlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Baliqchi tumanida joylashgan 19-umumiy o‘rta ta’lim hamda 59-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida Abu Rayhon Beruniyning hayot yo‘liga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, maktab rahbariyati, Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ullari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan ochiq dars tashkil etildi. 

Beruniyning faoliyati va hayot yo‘lini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida Guliston shahridagi Prezident maktabining  5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Beruniy avlodimiz" mavzusi ostida insholar tanloviga bo‘lib o‘di.