ADABIYOT OYLIGIDA SHE'R AHLI BILAN ADABIY SUHBAT

Ikki buyuk ijodkorni olam ahliga tuhfa etgan fevral oyi "Mumtoz adabiyot" oyligi sifatida katta ko'tarinkilik bilan o'tayotganidan xabaringiz bor.                                                                                                                                      

Shu munosabat bilan, Al-Xorazmiy nomidagi maktabda  2022-yil 12-fevral kuni soat 14:00da bo'ladigan "Mahorat klubi" mashg'ulotiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Bobur Bobomurod taklif etilgan.  Suhbatda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi yuzasidan qiziqarli mubohasa tashkil etish ko'zda tutilgan bo'lib, asosiy  maqsad o'quvchilarda ajdodlar ma'naviy merosiga bo'lgan ehtiromni shakllantirishdir.

Barchangizni ushbu takrorlanmas adabiy kechaga taklif etamiz. Marhamat, shoir Bobur  Bobomurod ijodi va u kishining buyuk shoirlar ijodi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashing!