Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi 
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (https://t.me/qodiriy_abdulla) direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
➖Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
➖100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
➖ “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
➖The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
➖ 30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
➖"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
➖ Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi; 
➖"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 

 ⏺Wikipedia (https://uz.wikipedia.org/wiki/Hilola_Nazirova)

Ijod maktabi natijalari:
✅Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi.  Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi. 
 (https://t.me/piimauz/11558)
✅Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.