Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosari,

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab 

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi tajribali pedagog Tolipova Jamila Olimjonovnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.

✅ Turon Fanlar Akademiyasi akademigi Ilmiy unvoni sohibi;
✅ Umumiy o‘rta ta’lim maktabning 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Biologiya” darsliklari (7 tilda chop etilgan)  muallifi;
✅Ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-9-sinflari uchun Biologiyadan chop etilayotgan darsliklarning fan mutaxassisi va muallifi;
✅110 dan ortiq ilmiy ishlari chop etgan bo'lib, 20 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 10 ta metodik qo‘llanma, 6 ta metodik tavsiyanoma, 70 dan ortiq ilmiy-metodik maqola, tezis va o‘quv dasturlari muallifi;
✅"Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni sohibasi;
✅"Xalq ta’limi a’lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 

Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda. Jumladan:

🟢2019-yildan buyon biologiya o‘qituvchilari uchun onlayn shaklda  “Mahorat maktabi” tashkil etib, o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha video ma’ruzalar o‘tkazib kelmoqda;

🟢2019-yildan buyon jami 7 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilib, 2 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), 5 nafar  pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy-pedagogik kadr tayyorlagan.