Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Xalqaro olimpiada zaxiralari markazi murabbiysi, to‘garak rahbari Mohira Boltayeva bugunning zamonaviy o’qituvchisi, u o’z ustida tinimsiz izlanadi.

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor 
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 

 ⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Xalqaro olimpiada zaxiralari markazi murabbiysi, to‘garak rahbari Mohira Boltayeva bugunning zamonaviy o’qituvchisi, u o’z ustida tinimsiz izlanadi. Uning  erishgan muvaffaqiyat va natijalari haqida quyida tanishishingiz mumkin:

➖ Kimyo fanidan o'tkazilgan 53-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini; 
➖ Parij shahrida kimyo fanidan o'tkazilgan 51-Jahon olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalini; 
➖ Respublika tibbiyot talabalari onlayn olimpiadasida kimyo fanidan 1-o‘rinni;
➖ Xalqaro “Samarqand-2020” tibbiyot talabalari olimpiadasida kimyo fanidan 2-o‘rinni egallagan. 
➖ “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Shu kunga qadar bir necha o‘quvchilari Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishiga erishdi. Jumladan:

✅ Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida o‘quvchilari 2 ta bronza medalini; 
 ✅ Kimyo fanidan 55 va 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida – bitta oltin, beshta kumush va uchta bronza medalini; 
✅ 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida – 3ta kumush medalini;
✅ Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini;
 ✅ Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan 1-Abu Rayhon Beruniy Xalqaro Kimyo olimpiadasida 3 ta oltin medallarni, 3 ta kumush medalini;
✅ Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!