Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Ijod maktabi - ibrat maktabi” mavzusida tadbir va tadbir oldidan OAV vakllari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Ijod maktabi - ibrat maktabi” mavzusida tadbir va tadbir oldidan OAV vakllari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

 Undada Farg'ona viloyati Ma'naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda viloyatdagi umumta’lim maktablaridagi Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirok etdi. 

 Mehmonlar ijod maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, laboratoriya xonalari, maktab oshxonasi, faollar zali, kutubxona, sport zal, yotoqxona va o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy darsxonalar bilan yaqindan tanishdilar.

 Shu bilan birga, ular  o‘quv soatlariga jalb qilindi hamda doimiy ravishda namunaviy tarzda o‘tilayotgan darslarni kuzatib bordilar.

Tadbir jonli ravishda “O‘zbegim” radiosi orqali yoritildi. 

O'quvchilar tomonidan Erkin Vohidov asari asosida sahnalashtirilgan “Inson o‘zing” spektakli namoyish etildi.

Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=Muo8qJV1KBM