Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

#xalqaro_hamkorlik

⚡️Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

🟢 Xalqaro maktablar kengashi - xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

✔️  Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
 — hujjat topshirish;
 — maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
 — maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

  Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishdi.