AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

#ijod_maktablari 
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar 

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan:

✅ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 6 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni, 3 nafar oʻquvchisi xalqaro SAT sertifikatdan 1410 ballni qoʻlga kiritdi.

✅ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi  (https://t.me/Ibratijodmaktabi)ijod maktabining 3 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7,5 ballni, xalqaro SAT dan 1230 ballni qoʻlga kiritdi.
  
✅ Muhammad Yusuf nomidagi  (https://t.me/ima_myim)ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-8 ballni qoʻlga kiritdi.

✅ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 4 nafar oʻquvchisi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 5 nafar oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi,

 ✅ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 4 nafar o‘quvchisi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 4 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Joriy yilda Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabining (https://t.me/piimauz/9835) 187 nafar bitiruvchilari Xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!